Samarqand davlat universiteti

Samarqand davlat universiteti magistratura ta’lim yo’nalishlariga kirish imtihonlarida mutuxassislik fanidan 40% (40 ball) va undan yuqori ball to'plagan talabgorlar diqqatiga! Qo’shimcha to’lov-kontrakt uchun arizalarni onlayn tarzda ushbu platforma orqali ro’yxatdan o’tishlari mumkin. Ariza topshirish muddati 2021 yil 15 noyabr soat 17.00 gacha etib belgilandi.

SamDU

Bu qanday amalga oshiriladi?

Qo‘shimcha kontraktning narxi qancha(malumomotlarga aniqlik kiritish uchun qabul bo'limiga uchrashing)?

Qo‘shimcha to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

1-toifa

Kirish chizig‘iga 4 ball yetmaganlar nisbatan ancha arzon kontrakt to‘laydi. Jumladan:

  • 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;
  • 1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;
  • 2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;
  • 3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

2-toifa

56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish chizig‘iga 4 balldan ko‘proq yetmay qolgan abituriyentlar kontrakt summasining 10 baravaridan oshiq miqdorda to‘laydi.

3-toifa

56,7 balldan kam to‘plaganlar (masalan, 1 ball bo‘lsa ham) 2-toifadagi super-kontrakt miqdorining 2 barobarini to‘lab o‘qishlari mumkin. Masalan, oddiy super-kontrakt 15 barobar bo‘lsa, 56,7 balldan kam to‘plaganlar 30 barobar to‘lab, super-muper kontraktda o‘qishi mumkin.

Masalan

  • kirish bali 140 bo‘lgan deylik. 139 ball to‘plagan abituriyent kontraktning 1,5 barobarini to‘laydi. Masalan, asli 10 mln so‘m kontrakt bo‘lsa, 15 mln so‘m to‘lasa kifoya. 138,9 ball olgan abituriyent esa 2 barobarini to‘laydi, ya’ni 20 mln so‘m. Va h.k.
  • yana o‘sha kirish 140 ball bo‘lgan yo‘nalishni misol olsak, 135,9 balldan kam 56,7 balldan ko‘p to‘plaganlar 2-toifaga tushadi.

Qo‘shimcha kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta?

Bir marta to‘lanadi. 1-o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi yillarda el qatori oddiy kontraktni to‘lab o‘qishadi.

ESLATMA

10 yoki 20 barobar degani bu eng kam oylik ish haqiga nisbatan emas, o‘sha yo‘nalishdagi stipendiyasiz kontrakt narxiga nisbatan. Ya’ni stipendiyasiz kontrakt 7 mln so‘m bo‘lsa, 10 barobar bo‘lganda qo‘shimcha kontrakt uchun 70 mln so‘m to‘lanadi.

To Top